Linares Politexnika fakultetida “Ekologik qazib olish va tabiiy resurslarni innovatsion boshqarish boʻyicha magistrlik dasturi”
2024-yilning 1-5 aprel kunlari Ispaniyaning Linares shahrida joylashgan “Xaen Universiteti” Linares Politexnika fakultetida “Ekologik qazib olish va tabiiy resurslarni innovatsion boshqarish boʻyicha magistrlik dasturi” (EMINReM) loyihasi asosida boʻlib oʻtayotgan Konsorsium yigʻilishida Xaen universiteti (Ispaniya), Jitomir davlat texnologiya universiteti (Ukraina), Dnepr texnologiya universiteti (Ukraina), Donetsk Milliy texnika universiteti (Ukraina), Abylkas Saginov nomidagi Karaganda texnika universiteti (Qozogʻiston) hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (Oʻzbekiston)dan bir guruh professor-oʻqituvchilar hamda mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.
Yigʻilishda ishtirok etayotgan universitetlar bilan hamkorlikda bir nechta magistrlik mutaxassisliklari oʻquv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritish hamda ushbu fanlarni EMINReM Virtual E-Learning Platform (VeLP)ga joylashtirish vazifalari koʻrildi.
Tadbir doirasida:
“Konchilik”, “Materialshunoslik” magistrlik oʻquv dasturlari, Xaen universitetida oʻquv jarayoni, Eminem Virtual elektron ta’lim platformasi (Vlp), Xaen universitetida masofaviy oʻqitish manbalaridan foydalanish tajribalari haqida taqdimotlar qilindi hamda Linares Oliy Politexnika maktabining laboratoriyalariga tashrif uyushtirildi.