TDTU vakillari Germaniyaning Frayberg konchilik akademiyasiga tashrif buyurishdi
Toshkent davlat texnika universiteti Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti «Metallurgiya» kafedrasi mudiri Sardor Nosirxo’jayev, kafedra professori Sohibjon Matkarimov hamda «Biotexnologiya» kafedra mudiri Shavkat Azimov 2024-yilning 21-aprel – 04-may kunlarigacha Germaniya Respublikasining Frayberg Konchilik Akademiyasi Cho’yan va po’lat texnologiyalari institutida malaka oshirish darslarida qatnashib keldilar. Frayberg konchilik akademiyasi (TUBAF) 1765-yilda tashkil etilgan bo’lib, mamlakatdagi eng qadimgi universitetlardan biridir.
TDTU vakillarini institut direktori professor Olena Volkova kutib olib, institut faoliyati, olib borilayotgan tadqiqot ishlari hamda hamkorlik qilish rejalari bilan tanishtirdi.
Tashrifning asosiy maqsadi Erasmus+ “Eminrem” loyihasini rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish bo’ldi. Tashrif davomida ta’lim amaliyotlari va o’quv dasturlari integratsiyasi bo’yicha Yevropaning nomdor universitetlari tajribali professor-o’qituvchilar tomonidan treninglar taqdim etildi. Bundan tashqari, o’qituvchilar darsda texnologiya va innovatsion yondashuvlardan ko’proq foydalanish bilan ta’lim usullari sezilarli darajada yaxshilanishi haqida ma’lumotlar berildi. Toshkent davtat texnika universiteti va Yevropaning Freiberg Bergakademie, Jaen University, Dumlupinar universiteti kabi hamkor universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik juda foydali bo‘ldi. Ushbu o’quv dasturlari TDTUda pedagogik mahorat, tadqiqot qobiliyati va umumiy akademik standartlarni sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda. Doimiy hamkorlik va strategik rejalashtirish ushbu yutuqlarni yanada mustahkamlab, TDTUning global raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.