Перейти к содержимому

TDTU va Tianjin fan va texnologiyalar universiteti o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

    Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) va Xitoyning nufuzli Tianjin Fan va Texnologiyalar universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ilmiy-texnik sohalarda birgalikdagi tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida yangi bosqichga qadam qo‘yildi. O‘zaro manfaatli hamkorlik memorandumining imzolanishi, ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

        Mazkur memorandum ikki tomonlama ilmiy izlanishlar, kadrlar tayyorlash, akademik almashinuv va birgalikda innovatsion texnologiyalarni yaratish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Kelgusida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturlari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, shuningdek, birgalikda texnologik loyihalar va startaplar yaratish ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashing:

Join Our Newsletter

Перейти к содержимому