Перейти к содержимому

2025-yilning oktyabr oyi birinchi o‘n kunligida Slovakiya universitetlari negizida “School of Young Energy Engineers” tashkil etiladi

🎓Toshkent davlat texnika universitetining Slovakiyadagi Bratislava texnika universiteti va Bratislava iqtisodiyot universiteti bilan Xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida 2025-yilning oktyabr oyi birinchi o‘n kunligida Slovakiya universitetlari negizida “School of Young Energy Engineers” tashkil etiladi.

✅Agar Siz ingliz tilini bilsangiz va Yevropaning nufuzli universitetlarida hamda zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida energetika muhandisligi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida ishtirok etishni istasangiz havola orqali  2025-yil 1-may sanasiga qadar ro‘yxatdan o‘ting.

👍Yosh energetik muhandislarning yozgi maktabiga 5 nafar talaba yoshlar tanlov asosida tanlab olinadi.

✅Mazkur e’lon bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Elektr ta’minoti” kafedrasi dotsenti M.V.Meliqo‘ziyevga murojaat qilishingiz mumkin @MirkomiL2992.