Перейти к содержимому

Erasmus+ KA171 ICM loyihasining yakuniy konferensiyasi tashkil qilindi

      2025-yil 9-iyun kuni Erasmus+ KA171 Xalqaro Akademik Mobility (ICM) loyihasining yakuniy konferensiyasi Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tdi. Tadbir mezboni sifatida Xalqaro Biznes Universiteti (UIB) harakat qildi. Uchinchi yil davomida erishilgan natijalar muhokama qilinib, hamkorlikni davom ettirish uchun yangi istiqbollar ochildi.

     Akademik mobillik dasturi Erasmus+ (Xalqaro kredit mobilligi) doirasida Kamerino universiteti professorlari (UNICAM, Italiya) Kenjegali Sagadiev xalqaro biznes universitetida talabalar, o‘qituvchilar va xodimlar uchun bir qator ochiq seminarlar o‘tkazdi. Ushbu seminarda Toshkent davlat texnika universiteti vakili Akademik mobillik bo’limi boshlig’I Jo’rayev Po’lat qatnashdi.

      Konferensiyada Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Italiya kabi mamlakatlardan akademik rahbarlar, loyiha koordinatorlari va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdilar. Konferensiya prof. Karlo Lucheroni (UNICAM, Italiya) va prof. Meruyert Narenova (UIB, Qozog‘iston) tomonidan olib borildi.

       Konferensiyaning asosiy mavzularidan biri “5+1 amalda” tashabbusi bo‘ldi. Bu tashabbus besh Markaziy Osiyo davlati va bitta Yevropa davlati (Italiya) o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik modelidir.

    Ushbu konferensiya o‘tgan yillardagi yutuqlarni nishonlabgina qolmay, balki strategik xalqaro hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi.

Xabarni ulashing: