Skip to content

✅Erasmus+ dasturining EMINReM loyihasi doirasida anjuman o'tkazildi.

Joriy yilning 20-24-oktabr kunlari Ispaniyaning Linares shahrida joylashgan Haen universitetida Erasmus+ dasturining “Ekologik qazib olish va tabiiy resurslarni innovatsion boshqarish bo’yicha magistrlik dasturi (EMINReM)” loyihasi doirasida 5-yillik hisobot anjumani bo’lib o’tdi.

Ushbu anjumanda O’zbekistan, Qozog’iston, Ukraina, Turkiya hamda Ispaniya davlatlarining bir qator oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurishgan professor-o’qituvchilar qatnashdi.


Mazkur anjumanda O’zbekistondan vakil sifatida universiteti Karyera markazi boshlig’i S. Matkarimov ham qatnashib, ma’ruza qildi. Loyiha doirasida buguni kungacha amalaga oshirilgan ishlar, ilmiy-tadqiqot hamda o’quv-amaliy mashg’ulotlarini bajarish uchun olingan laboratoriya qurilmalari va o’quv-uslubiy meyyoriy hujjatlar holati asosiy muhokama mavzusi bo’ldi.

BOSHQA YANGILIKLAR