
TDTU delegatsiyasi Nagoya universitetiga tashrifi davomida uchrashuvlarni amalga oshirdi.
2023-yilning 13-14 iyul kunlari Toshkent davlat texnika universiteti delegatsiyasi Nagoya universitetida bir qator uchrashuvlar va tashriflarni amalga oshirdi.
“Power electronic systems” laboratoriyasiga tashrif buyurildi va tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
“NUSIP” talabalar yozgi dasturi doirasida tashkil etilgan darslarda ishtirok etildi. Ushbu dasturda TDTUning ikki nafar talabasi ham ishtirok etayotgan bo‘lib, ularning yapon tili va mutaxassislik fanlaridan tashkil etilgan o’quv jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
Dastur bo‘yicha mas’ul professor Sakaiga TDTU talabalari uchun yaratilgan sharoitlar uchun TDTU rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi va kelgusida Yaponiyalik talabalar uchun TDTU da ham yozgi dasturlarni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi. Nagoya universitetining yuqori texnologiyalar markaziga tashrif buyurildi.U yerdagi shart-sharoitlar va korxonalar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti tashkil etildi.
TDTU Matbuot xizmati:
Universitet Xalqaro hamkorlik bo’limi:
Boshqa yangiliklar


Toshkent davlat texnika universitetida xalqaro tajriba almashinuvi
11.06.2025
Sharhlar mavjud emas
Batafsil o'qish »

Erasmus+ KA171 ICM Loyihasining yakuniy konferensiyasi tashkil qilindi
11.06.2025
Sharhlar mavjud emas
Batafsil o'qish »

Admission to the Summer School at SATBAYEV UNIVERSITY has been opened
11.06.2025
Sharhlar mavjud emas
Batafsil o'qish »

