Skip to content

EMINReM Loyihasi Doirasida O‘tkazilgan Mashg‘ulot va Koordinatsiya Yig‘ilishi – Asosiy Xususiyatlar

       Joriy yilning 6–12-aprel kunlari Toshkent Davlat Texnika Universitetida Erasmus+ dasturi doirasidagi EMINReM loyihasi – Ekologik konchilik va innovatsion tabiiy resurslarni boshqarish yo‘nalishida magistratura ta’limini rivojlantirishga qaratilgan IV Koordinatorlar yig’ilishi bo’lib o’tdi. Tadbirda O‘zbekiston, Ukraina, Qozog‘iston, Ispaniya, Germaniya, Turkiya va boshqa mamlakatlardan mutaxassislar qatnashdi

          Dastlab TDTUdan prof. Elmurod Egamberdiev ochilish nutqi bilan chiqib mehmonlarni O’zbekistonga xush kelganligi va loyiha muvaffaqiyatli o’tayotgani aytib o’tdi. Prof. Shavkat Azimov loyiha maqsadlari haqida ma’lumot berdi va Universitet haqida qisqa prezentatsiya namoyishi bo’ldi. Shundan so’ng Prof. Artur Makhno kun tartibini tushuntirib o’tdi. TDTUning loyiha ishtiroki bo‘yicha taqdimot va EAT (Expert Advanced Training) platformasi taqdim etildi. Freiberg konchilik akademiyasi va Dumlupinar universiteti olimlari tomonidan ilmiy taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar Konchilik fakulteti laboratoriyalari bilan tanishdilar. Tadqiqotlararo hamkorlik bo‘yicha ma’ruzalar va kechki tanishuv kechasi tashkil etildi. Zamonaviy o‘quv muhitini yaratish , virtual platforma va EAT rejasi, sifat nazorati va monitoring muhokama qilindi. Ishtirokchi universitetlar loyiha davomida o‘zlari erishgan yutuqlarni taqdim etdilar. Disseminatsiya va loyiha boshqaruvi  strategiyalari muhokama qilindi. Laboratoriya ekskursiyalari (Yapon-O‘zbek markazi, EMINReM va Jahon banki laboratoriyalari) tashkil etildi. Hamkor universitetlar o‘rtasida alohida uchrashuvlar va Charvak tog‘li dam olish maskaniga madaniy sayohat amalga oshirildi. Shundan so’ng uchrashuv qatnasshchilari aeroportdan kuzatib qo’yildi.

Xabarni ulashing:

Join Our Newsletter