
Erasmus EMINReM loyihasi Kordinatorlari yig'ilishi
2023-yil 2–4 may kunlari Germaniyaning Technische Universität Bergakademie Freiberg universitetida Erasmus+ EMINReM loyihasining 1-Koordinatorlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv Osiyo va Yevropa davlatlaridan kelgan hamkor universitetlar vakillarini birlashtirib, loyihani rasman boshlash va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olishga xizmat qildi.
Yig‘ilishda quyidagi hamkor universitetlar ishtirok etdi:
TU Bergakademie Freiberg (Germaniya)
Jaén Universiteti (Ispaniya)
Dumlupınar University (Turkiya)
Navoi Davlat Konchilik Instituti (O‘zbekiston)
Satbayev Universiteti (Qozog‘iston)
Karaganda Texnika Universiteti (Qozog‘iston)
Toshkent Davlat Texnika Universiteti (O‘zbekiston)
Dnipro Texnologiya Universiteti (Ukraina)
Donets Milliy Texnika Universiteti (Ukraina)
Jitomir Davlat Politexnika Universiteti (Ukraina)
Toshkent davlat texnika universiteti nomidan O’quv ishlari bo‘yicha prorektor Oripjon Zaripov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Shavkat Azimov ishtirok etdilar.
Tadbir davomida har bir universitet vakili o‘z muassasasi haqida qisqacha ma’ruza qilib, universitet imkoniyatlari, ilmiy yo‘nalishlari va EMINReM loyihasi doirasidagi rejalari haqida taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, kelajakdagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Mezbon universitet — TU Bergakademie Freiberg vakillari esa o‘z universiteti, uning ilmiy salohiyati va xalqaro hamkorlikdagi tajribasi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Rasmiy sessiyalar bilan bir qatorda, tadbir doirasida bir qator qo‘shimcha faoliyatlar ham tashkil etildi. Jumladan, ishtirokchilar uchun Welcome dinner (tanishuv kechki ovqati) o‘tkazildi, bu esa hamkorlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi. Shuningdek, jamoaviy surat olinib, loyiha boshlanishi rasmiy tarzda qayd etildi. Tushlik vaqtida esa norasmiy muhokamalar va tajriba almashinuvi davom etdi.
Ishtirokchilar universitetning zamonaviy laboratoriyalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va o‘quv xonalari bilan tanishdilar. Ushbu tashriflar davomida ilmiy infratuzilma va amaliy tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi hamda kelgusidagi qo‘shma ilmiy loyihalar va akademik almashinuvlar bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv barcha hamkorlar o‘rtasida samarali ilmiy va akademik hamkorlik muhitini yaratib, EMINReM Erasmus+ loyihasining muvaffaqiyatli boshlanishiga mustahkam zamin yaratdi.
Facebook
Telegram
Email


