Перейти к содержимому

Toshkent davlat texnika universitetining rektori hamda professor-o'qituvchilardan iborat delegatsiyasi Yaponiyada rasmiy tashrif bilan xizmat safarida bo'lishdi

    Delegatsiya dastlab Yaponiyaning Tokio shahrida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining elchixonasiga tashrif buyurib Mamlakatimizning kun chiqar yurtdagi elchisi bilan Yaponiya OTMlari bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalari va istiqbolda reja qilingan hamkorlik masalalari yuzasidan fikrlar almashilindi.
     Tashrif davomida Kiotoda va Nagoya shaharlarining bir qancha universitetida bo’lib mezbon universitetlar bilan o’zaro hamkorlik to’g’risida va hamkorlik olib borilayotgan universitetlar bilan kelgusi yillardagi rejalari to’g’risida muzokaralar olib borildi. Muzokara davomida universitetlar o’zaro hamkorlik va uni davom ettirishdan mamʼnun ekanlikalarini bildirishdi.
       Shuningdek Nagoya shahrining Nogoya universiteti rahbariyati bilan o’tkazilgan uchrashuvda o’rnatilgan mustahkam hamkorlikni davom ettirish yo’lida bir qator ishlar olib borilayotganligi takidlandi
      Shu oʻrinda TDTU rektori professor S.Turobjonov kelayotgan yilda Yaponiya maxsus kurs talabalaridan 10 nafarini qisqa muddatli almashinuv dasturiga Yaponiya universitetlariga yuborishni va bu ishni doimiy tashkil etishni, oʻz navbatida Nagoya universiteti ham qiziqish bildirgan yapon talabalarini Toshkent davlat texnika universitetiga yuborishni va bu orqali talabalar orasida taʼlim sifatini yaxshilashni va talabalarda taʼlimga boʻlgan qiziqishni oshirishni taklif etdi.

    Mazkur tashriflar davomida TDTU delegatsiyasi va mezbon universitet vakillari bilan muzokaralar davomida ta’limga oid bir qancha vazifalar hususida o’zaro kelishuvlar reja qilinib, xizmat safari davomida olingan tajribalar asosida Toshkent davlat texnika universitetida bir qator ishlarni amalga oshirish reja qilindi.

🌐 Universitet Xalqaro hamkorlik bo’limi:

Перейти к содержимому