“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi e’lon qilindi!
🗓 2025-yil 3-iyundagi 1-son qaror asosida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida o‘qish istagidagi yoshlar uchun 2025-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi e’lon qilindi.
Kimlar qatnashishi mumkin?
Xorijda bakalavriat, magistratura yoki doktorantura bosqichida o‘qishni rejalashtirayotgan nomzodlar.
Ustuvor yo'nalishlar
Mazkur stipendiya tanlovi uchun o‘rinlar ajratishda STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika) hamda iqtisodiyotning drayver sohalariga (energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura va qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi, geodeziya, yer munosabatlari) shuningdek, davlat boshqaruvi va boshqa dolzarb ijtimoiy yo‘nalishlarga (tibbiyot, ta’lim) maqsadli asosda alohida ustuvorlik berildi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi uchun jami 450 ta o‘rin ajratilgan. Xususan,
– bakalavriat – 130 ta o‘rin;
– magistratura – 220 ta o‘rin;
– doktorantura – 100 ta o‘rin.
Nomzodlar quyidagi ma’lumotlarni yuklashlari lozim
– jamgʻarma Ijrochi direktori nomiga ariza;
– xorijiy taʼlim muassasasidan qabul qilinganligi toʻgʻrisida xat (Letter of acceptance);
– mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud boʻlsa);
– attestat yoki diplom nusxasi;
– xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat;
– motivatsion insho va boshqalar.
ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
🌐 Veb-sayt: https://eyuf.uz
📱 Telegram: @Eyufmatbuot
📞 (71) 203-00-47
📞 (71) 203-00-49